Talabgorning arizasidan kelib chqqan xolda, viloyat yoki shahar va tumanlar hokimliklarida yer uchastkalarini berish masalalarini ko'rib chiquvchi komissiyalar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko'rib chiqiladi
Hujjatlarni ko'rib chiqilishi natijasida Komissiya tomonidan murojaatchiga yer uchastkasida ishlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma beriladi
Rad etish sabablari
- Arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar to’liq bo’lmasa.
- Arizachi va turar joy ruxsat beruvchi talablar va shartlarga javob bermasa.
- Arizachi tomonidan taqdim yetilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzuq ma’lumotlar keltirilsa.
- O’rganish natijasida asosli rad etish xulosasi mavjud bo’lsa.
Shikoyat arizasi berish tartibi
Noqonuniy rad yetilganlik holati kuzatilganda, arizachi javobgar tashkilotga telefon, elektron pochta hamda ko’rsatilgan manziliga shaxsan kelib murojaat etishi mumkin.
Jismoniy yoki yuridik shaxs murojaati yuzasidan qabul qilingan qaror bilan rozi bo’lmagan taqdirda qaror qabul qilgan davlat tashkilotining mansabdor yohud boshqa mas’ul shaxsi unga shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart.
Murojaatni ko’rib chiqqan davlat tashkiloti, mansabdor yohud boshqa mas’ul shaxslari murojaatni ko’rib chiqilganligi yuzasidan qabul qilingan natijalari asosidagi qaror bajarilishini nazorat qilishlari lozim.