Diqqat! Portal test rejimida ishlamoqda!

Namangan viloyati hokimligining interaktiv xizmatlari

Ishonch telefoni

1056, (0-371) 200-07-22

Devonxona

(0-369) 227-08-29

Murojaatni yuborish

Murojaat yuborish uchun barcha maydonlarni to'dirish shart

Siz bilan bog`lanish uchun telefon raqamingizni qoldinging!
Мурожаатингиз тезкор равишда ҳал этилишини истасангиз, хар бир масала бўйича алоҳида мурожаат йўллашигизни ҳамда мазкур мурожаатни лўнда,оддий ва равон тилда баён этишингизни сўраймиз!
Ko'chma savdoga ruxsat berish
Xizmat haqida
Ko’chma savdoga ruxsatnoma.
 
Xizmatning sohaga tegishliligi
Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar
 
Xizmatdan foydalanuvchining toifasi
Yuridik shaxslar.
 
Tashkilot
Shahar va tumanlar hokimliklari
 
Bog’lanish
O’zbekiston Respublikasi, Namangan shahri, Istiqlol ko’chasi, 57-uy
Tel: +99869 227-07-22, 227-12-25
Elektron pochta: info@namangan.uz
Veb-sayt: www.namangan.uz
 
Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar
Tuman (shahar) hududida ko’chma savdoning tasdiqlangan joylashish sxemasiga muvofiq ko’chma savdo ob’ekti joylashishi sxemasi.
Ko’chma savdo davri ko’rsatilgan holda ko’chma savdo ob’ektlari orqali sotilishi mumkin bo’lgan tovarlarning tasdiqlangan ro’yxati asosida sotiladigan tovarlar ro’yxati.
Xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan berilgan bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda to’lovlarni qabul qilish bo’yicha hisob-kitob terminali mavjudligi to’g’risidagi ma’lumotnoma.
 
Xizmatni ko’rsatishning huquqiy asosi
 
 
Xizmat narxi va to’lash tartibi
Ruxsatnoma berish to’g’risidagi arizani ko’rib chiqish uchun yig’im undirilmaydi.
Ruxsatnoma berish uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ko’chma savdoga ruxsat berish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2016 yil 13 iyuldagi 233-son qaroriga binoan quyidagi miqdorda yig’im undiriladi: eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida — Toshkent shahrida ko’chma savdo qilishda. Boshqa aholi punktlarida ko’chma savdo qilishda ruxsatnoma berilganligi uchun yig’im undirilmaydi.
 
Xizmatni ko’rsatish muddati
3 ish kuni.
 
Natijani olish usullari
Javob xati Yagona portal orqali "foydalanuvchi kabinetiga" va/yoki foydalanuvchi Yagona portalda ro’yxatdan o’tishda ko’rsatgan pochta manzili va telefon raqamiga yuboriladi.
 
Xizmat natijasi
Arizachiga ko’chma savdo faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnoma berish haqida xabarnomani yoki rad javobini yuborish.
 
Rad etish sabablari
Ruxsatnoma berish uchun zarur bo’lgan hujjatlar to’liq hajmda taqdim etilmasligi.
Ariza beruvchining ruxsat beruvchi talablar va shartlarga nomuvofiqligi.
Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan ma’lumotlar mavjudligi.
Agar ko’chma savdoning ariza berilgan joyiga boshqa yuridik shaxsga ruxsatnoma berilgan bo’lsa.
 
Shikoyat arizasi berish tartibi
Noqonuniy rad etilganlik holati kuzatilganda, arizachi javobgar tashkilotga telefon, elektron pochta hamda ko’rsatilgan manziliga shaxsan kelib murojaat etishi mumkin.
Jismoniy yoki yuridik shaxs murojaati yuzasidan qabul qilingan qaror bilan rozi bo’lmagan taqdirda qaror qabul qilgan davlat tashkilotining mansabdor yohud boshqa mas’ul shaxsi unga shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart.
Murojaatni ko’rib chiqqan davlat tashkiloti, mansabdor yohud boshqa mas’ul shaxslari murojaatni ko’rib chiqilganligi yuzasidan qabul qilingan natijalari asosidagi qaror bajarilishini nazorat qilishlari lozim.
 

Murajaat maqomini tekshirib quying

Murojaat yuborilgandandan so'ng 'id' raqam va tekshirish kodini kiriting