Xizmat haqida
Turar joyni noturar joy toifasiga o’tkazishga ruxsatnoma berish.
Xizmatning sohaga tegishliligi
Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar
Xizmatdan foydalanuvchining toifasi
Yuridik shaxslar – tadbirkorlik sub’ektlari va jismoniy shaxslar.
Tashkilot
Shahar va tuman hokimliklari
Bog’lanish
160100, Namangan shahar, istiqlol ko’chasi, 57-uy
Telefon: +998 (69) 227-12-25, 227-07-22
Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar
- Bino egalari va voyaga yetgan oila a’zolarining notarial tasdiqlangan rozilik xati.
- Ko’p qavatli uylarning turar joy mulkdorlari shirkati roziligi.
- Ariza ko’rib chiqilganligi uchun to’lov undirilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Xizmatni ko’rsatishning huquqiy asosi
Xizmat narxi va to’lash tartibi
Ariza ko’rib chiqilganligi uchun quyidagi miqdorlarda yig’im undiriladi:
- Eng kam oylik ish haqining 10 foizi midorida - Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida.
- Eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida - Toshkent shahrida.
- Eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida - viloyat bo’ysunishidagi tumanlar va shaharlar hududlarida.
Xizmatni ko’rsatish muddati
11 kun mobaynida.
Natijani olish usullari
Noturar joyni qayta ro’yxatdan o’tkazish guvohnomasi va ruxsatnoma arizachiga Yagona portal orqali "foydalanuvchi kabinetiga" va/yoki arizachi Yagona portalda ro’yxatdan o’tishda ko’rsatgan pochta manzili va telefon raqamiga yuboriladi.
Xizmat natijasi
Turar joyni noturar joy toifasiga o’tkazishga ruxsatnoma va noturar joyni qayta ro’yxatdan o’tkazish guvohnomasini olish.
Rad etish sabablari
- Arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar to’liq bo’lmasa.
- Arizachi va turar joy ruxsat beruvchi talablar va shartlarga javob bermasa.
- Arizachi tomonidan taqdim yetilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzuq ma’lumotlar keltirilsa.
- O’rganish natijasida asosli rad etish xulosasi mavjud bo’lsa.
Shikoyat arizasi berish tartibi
Noqonuniy rad yetilganlik holati kuzatilganda, arizachi javobgar tashkilotga telefon, elektron pochta hamda ko’rsatilgan manziliga shaxsan kelib murojaat etishi mumkin.
Jismoniy yoki yuridik shaxs murojaati yuzasidan qabul qilingan qaror bilan rozi bo’lmagan taqdirda qaror qabul qilgan davlat tashkilotining mansabdor yohud boshqa mas’ul shaxsi unga shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart.
Murojaatni ko’rib chiqqan davlat tashkiloti, mansabdor yohud boshqa mas’ul shaxslari murojaatni ko’rib chiqilganligi yuzasidan qabul qilingan natijalari asosidagi qaror bajarilishini nazorat qilishlari lozim.