Diqqat! Portal test rejimida ishlamoqda!

Namangan viloyati hokimligining interaktiv xizmatlari

Ishonch telefoni

1056, (0-371) 200-07-22

Devonxona

(0-369) 227-08-29

Murojaatni yuborish

Murojaat yuborish uchun barcha maydonlarni to'dirish shart

Siz bilan bog`lanish uchun telefon raqamingizni qoldinging!
Мурожаатингиз тезкор равишда ҳал этилишини истасангиз, хар бир масала бўйича алоҳида мурожаат йўллашигизни ҳамда мазкур мурожаатни лўнда,оддий ва равон тилда баён этишингизни сўраймиз!
Ommaviy tadbirlar o'tkazishga ruxsat olish
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori
(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2014 y., 32-son, 398-modda)
 
Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish tartibini yanada takomillashtirish, ularni o’tkazishda fuqarolar xavfsizligini va jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ommaviy tadbirlarni o’tkazish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
ommaviy tadbirlarni o’tkazishda xavfsizlikni ta’minlash to’g’risidagi shartnomaning namunaviy shaklini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ommaviy tadbirlar tashkilotchilari tomonidan ommaviy tadbirlarni o’tkazishda xavfsizlikni ta’minlash to’g’risida ichki ishlar organlari bilan majburiy tartibda shartnomalar tuzilishi yuzasidan qat’iy nazorat o’rnatish, shuningdek ularning tegishli ruxsatnomalar olmasdan o’tkazilishi holatlariga yo’l qo’ymaslik chora-tadbirlarini ko’rsin;
vazirliklar va idoralarning ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish davomida xavfsizlikni ta’minlashga jalb qilinadigan bo’linmalari xatti-harakatlari muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
3. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
bir oy muddatda — ushbu qarorning maqsadlari, mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini aholining keng qatlamlari va tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida tushuntirish tadbirlari o’tkazilishini;
ikki oy muddatda — har bir ommaviy tadbirni o’tkazish ob’ekti bo’yicha ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o’tkazishni tartibga soluvchi yo’riqnomalar, ommaviy tadbirlar o’tkazilishini nazorat qilish komissiyalari tarkibi va ularning ish tartibi tasdiqlanishini;
uch oy muddatda — ommaviy tadbirlar o’tkazish ob’ektlarini pasportlashtirish, yondosh hududlarning aniq chegaralarini belgilash tugallanishini, mavjud binolar, inshootlar va imoratlar, muhandislik-texnik, kommunikatsiya, yong’inga qarshi, evakuatsiya inshootlari, kirish yo’llari va transport vositalarining to’xtash joylari, dastlabki tibbiy yordam ko’rsatish punktlari, texnik asbob-uskunalar, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun zarur bo’lgan maxsus vositalarning hisoblab chiqilgan zaxirasi va nomenklaturasining texnik holati tahlili o’tkazilishini;
ommaviy tadbirlarni o’tkazish ob’ektlarining ishonchliligini va qurilish konstruktsiyalarining barqarorligini, ularning kommunikatsiya, yong’inga qarshi, evakuatsiya va boshqa muhandislik-texnik vositalar hamda ommaviy tadbirlar ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tizimlari bilan jihozlanganligini aniqlash maqsadida ular texnik holatining muntazam monitoringi amalga oshirilishini, aniqlangan kamchiliklarning ob’ektlar ma’muriyati tomonidan o’z vaqtida bartaraf etilishi yuzasidan tizimli nazorat o’rnatilishini ta’minlasinlar.
4. O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi:
bir oy muddatda — O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Sog’liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ommaviy tadbirlar o’tkazish ob’ektlari ma’muriyatlari va texnik xizmatlar rahbarlari bilan ommaviy tadbirlarni tayyorlash va o’tkazishda qonunchilikka, qurilish, yong’inga qarshi, ekologiya hamda sanitariya-gigiena normalari va talablariga rioya etish, shuningdek favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda harakat qilish masalalari bo’yicha instruktaj o’tkazilishini tashkil etsin;
idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan ushbu qaror talablariga rioya etilishini nazorat qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin.
5. Vazirliklar va idoralar ikki oy muddatda o’zlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. O’zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
 
O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Sh. Mirziyoyev
 
Toshkent sh., 2014 yil 29 iyul, 205-son

Murajaat maqomini tekshirib quying

Murojaat yuborilgandandan so'ng 'id' raqam va tekshirish kodini kiriting