Diqqat! Portal test rejimida ishlamoqda!

Namangan viloyati hokimligining interaktiv xizmatlari

Ishonch telefoni

1056, (0-371) 200-07-22

Devonxona

(0-369) 227-08-29

Murojaatni yuborish

Murojaat yuborish uchun barcha maydonlarni to'dirish shart

Siz bilan bog`lanish uchun telefon raqamingizni qoldinging!
Мурожаатингиз тезкор равишда ҳал этилишини истасангиз, хар бир масала бўйича алоҳида мурожаат йўллашигизни ҳамда мазкур мурожаатни лўнда,оддий ва равон тилда баён этишингизни сўраймиз!
Transport xizmatlarini tashkil etish bo’yicha mavjud yo’nalishlar hamda fuqarolardan takliflar qabul qilish to’g’risida axborotlar

Avtomobil transportida yo'lovchilar va bagajni tashishning ushbu Qoidalari (keyingi o'rinlarda Qoidalar deb yuritiladi) "Avtomobil transporti to'g'risida", "Shahar yo'lovchilar transporti to'g'risida", "Yo'llarda harakatlanish xavfsizligi to'g'risida", "Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi  O'zbekiston Respublikasi qonunlari hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 10 yanvardagi “Aholiga transport xizmati ko’rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo’lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2724-son qarori ga muvofiq ishlab chiqilgan va O'zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo'lovchilar va bagajni tashishga tatbiq etiladi.

 Avtomobil transportida yo'lovchilar va bagajlarni tashish tegishli litsenziya, tender natijalari bo'yicha belgilangan tartibda tuzilgan muntazam yo'nalishlarda yo'lovchilar transportida xizmatlar ko'rsatish yuzasidan tuzilgan shartnomalar (kontrakt) mavjud bo'lgan taqdirda amalga oshiriladi.
 Yo'lovchilar va bagajni tashishga tariflar miqdorlari mazkur Qoidalar va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadi.
 Yo'l chiptalari, yo'l va chiptani hisobga olish varaqalari rekvizitlari, yo'nalishlar, avtovokzallar (avtostantsiyalar) pasportlari, avtomobil transportida yo'lovchilar va bagajni tashishga taalluqli shakllar va yo'riqnoma-metodik hujjatlar "O'zbekiston avtomobil va daryo transporti" agentligi tomonidan tasdiqlanadi.

Yo'lovchilar tashuvchi transport vositalariga qo'yiladigan talablar:

-Avtotransport vositalarining texnik holati va anjomlari tegishli standartlar hamda texnik foydalanish qoidalari talablariga javob berishi kerak.
-Avtotransport vositalari Dst 974/2000 O'zbekiston davlat standartiga muvofiq anjomlarga ega bo'lishi kerak.

Yo'lovchilarni tashuvchi haydovchilarga qo'yiladigan talablar:

-Avtomobil transportida yo'lovchi tashuvchi haydovchilar O'zbekiston davlat standartlarida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga javob berishlari kerak.

Muntazam qatnovlarni amalga oshiruvchi avtobuslar va yo'nalishli taksilar haydovchilari yo'nalishda ishlayotganda:

-tender kontraktiga muvofiq ushbu yo'nalishda ishlash huquqini tasdiqlovchi guvohnomaga;
-tegishli litsenziyaga (litsenziya kartochkasiga);
-yo'nalish hujjatlariga;
-yo'l varaqasi va chiptalarni hisobga olish varaqasiga;
-yo'l varaqalarida yo'lga chiqishdan oldin belgilangan tartibda o'tkaziladigan avtotransport vositasining texnik ko'rikdan va haydovchilarning tibbiy ko'rikdan o'tganligi haqidagi qaydlarga;
-qatnov jadvaliga va yo'nalish sxemasiga (shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo'nalishlarda - unda aholi yashash joylaridan o'tish vaqti, ovqatlanish, dam olish, tungi uxlash vaqti va joyi ko'rsatilgan holda) ega bo'lishi kerak.

Yo'lovchilar tashuvchi avtotransportvositalari ishini hisobga olish:

Quyidagilar yo'lovchilar tashuvchi avtotransport vositalari ishini hisobga oluvchi asosiy hujjatlar hisoblanadi:

a) avtotransport vositasining yo'l varaqasi;
b) shaharda, shahar atrofida va shaharlararo qatnovchi (yo'nalishsiz taksilardan tashqari) avtotransport vositalarining chiptalarni hisobga olish varaqasi;
v) avtobus va yengil avtomobillarning buyurtmanomalar (buyurtmalar) va boshqa shartnomalar bo'yicha ishlashi yuzasidan topshiriqnoma;
g) chiptalarni sotish vedomosti (yo'nalishsiz taksilardan tashqari).

 Avtotransport vositalarining yo'l varaqalari va chiptalarni hisobga olish varaqalari hamda buyurtmanomalar (buyurtmalar) va boshqa shartnomalar bo'yicha ishlashi yuzasidan topshiriqnoma blankalari qat'iy hisobda turadigan blankalarni hisobga olish va saqlash qoidalari bo'yicha hisobga olinadi va tashuvchida saqlanadi.
 Yo'l hujjatlarida tuzatishlar va o'chirib yozishlarga yo'l qo'yilmaydi. Haydovchi garajda, yo'lda, oraliq manzillarga kirib o'tishda va oxirgi manzillarda yo'l hujjatlaridagi barcha qaydlarning to'g'riligini kuzatib borishi shart.

Namangan viloyat bo’yicha shahar atrofi, viloyat ichi shaharlararo va viloyatlararo shaxarlararo yo’lovchi tashish yo’nalishlari

 Interaktiv davlat xizmati reglamenti

  Matnni Microsoft Word ko'rinishida yuklab olish (36,5 KB)

Murajaat maqomini tekshirib quying

Murojaat yuborilgandandan so'ng 'id' raqam va tekshirish kodini kiriting