Diqqat! Portal test rejimida ishlamoqda!

Namangan viloyati hokimligining interaktiv xizmatlari

Ishonch telefoni

1056, (0-371) 200-07-22

Devonxona

(0-369) 227-08-29

Murojaatni yuborish

Murojaat yuborish uchun barcha maydonlarni to'dirish shart

Siz bilan bog`lanish uchun telefon raqamingizni qoldinging!
Мурожаатингиз тезкор равишда ҳал этилишини истасангиз, хар бир масала бўйича алоҳида мурожаат йўллашигизни ҳамда мазкур мурожаатни лўнда,оддий ва равон тилда баён этишингизни сўраймиз!
Biznesni rejalashtirish va boshqarish, tadbirkorlikni rivojlantirishni moliya-kredit bo’yicha qo’llab-quvvatlash masalalariga doir axborotlar

Joriy yilning birinchi yarmida viloyatimizda qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhiti yaratish, qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirish uchun ortiqcha byurokratik va ma’muriy tartib-taomillarga chek qo’yishga doir ishlar davom ettirildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil aprel oyida qabul qilingan hujjatlariga muvofiq 22 ta ruxsat berish tartib-taomillari bekor qilindi, 21 ta ruxsat berish tartib-taomilini rasmiylashtirish muddati 2,1 marta, shuningdek, 11 turdagi faoliyatni va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni rasmiylashtirishda yig’imlar hajmi 4 marta qisqartirildi, hujjatlar taqdim etish yoki vakolatli organlar bilan kelishish bo’yicha ortiqcha talablar bekor qilingani hisobidan 31 ta ruxsat berish tartib-taomili bo’yicha rasmiylashtirish jarayonlari soddalashtirildi.
Aholi keng qatlamlariga viloyatimizda qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mazmun-mohiyatini tushuntirish bo’yicha seminar va davra suhbatlari tashkil etildi.
Statistik, soliq, moliyaviy va boshqa hisobotlarni topshirishning elektron tizimini bosqichma-bosqich joriy etishga doir ko’rilayotgan chora-tadbirlar doirasida ayni paytda tadbirkorlik sub’ektlarining 98,0 foizi soliq hisobotlarini, 94,4 foizi statistika hisobotlarini elektron shaklda topshirmoqda.
Kichik korxonalar tashkil etishga ko’maklashish maqsadida o’tgan davrda 1017 ta bo’sh turgan maydonlar ijaraga berildi. Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini yanada qo’llab-quvvatlash uchun 195,0 milliard so’m miqdorida kredit mablag’lari, shundan, 87,8 milliard so’mlik mikrokreditlardir. Bu 2013 yilning shu davridagiga nisbatan 1,3 barobarga ko’paydi.
Ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va yanada rag’batlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar joriy yilning birinchi yarmida 813 ta yangi kichik biznes sub’yektini (fermer va dehqon xo’jaliklari hisobga olinmagan holda) tashkil etish imkonini berdi. Eng ko’p kichik biznes sub’ektlari sanoatda (umumiy miqdorning 26,2 foizi), savdo va umumiy ovqatlanish (29,4 foiz) va qurilish sohasida (11,1 foiz) tashkil etdi.
Natijada, joriy yilning birinchi yarmida yalpi hududiy mahsulotda kichik biznesning ulushi 69,2 foiz (2013 yilning birinchi yarmida bu ko’rsatkich 68,5 foiz bo’lgan), sanoatda 42,6 foiz (40,4 foiz), pullik xizmat ko’rsatishda 62,4 foiz (60,2 foiz), bandlik sohasida 80,3 foizga (79,6 foiz) yetdi.
 
 
 
 
 
Interaktiv davlat xizmati reglamenti
 
Matnni Microsoft Word ko'rinishida yuklab olish (28 KB)

Murajaat maqomini tekshirib quying

Murojaat yuborilgandandan so'ng 'id' raqam va tekshirish kodini kiriting